"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"
"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"
Imtihonga tayyorlanishning yo`llari turli tuman va tabiiyki tanlov masalasida abiturientlar yordamga ehtiyoj sezishadi. Eng ko`p tarqalgan va ko`pchilik abiturentlarimiz yo`l qo`ygan hatolar bilan tanishib chiqamiz va ularni takrorlamaslikni Uz-test.ru maslahat beradi:
1. "Repititorga borsam bas men aniq o`qishga kiraman". Statistikaga ko`ra 2017 yil OTMlarga 729947 nafar abiturient o`z hujjatlarini topshirgan bo`lib Respublikamiz Oliygohlari kvotalar soni 66317 ta. Bu yerdan yaqqol ko`rinib turibdiki bir o`ringa o`rtacha 10.97 kishi to`gri keladi. Demak abiturientlarning 10% talabalik bahtiga yetishadi. Bu borada faqatgina qo`shimcha darslarga borish yetarli emasligi yaqqol ko`rinib turibti shuning uchun ilm o`rganishdan to`htamang. O`zingizni yetarlicha bilimga ega bo`ldim deb hisoblgan vaqtingizda statistikaga etibor bering bu sizga sizning qanchalik qunt bilan test sinovlariga tayyorlanishingiz kerakligini eslatib turadi!
2. "Imtihonda haqiqat yo`q hamma yoqda pul rol o`ynaydi, chetda pul ishlab keyin kiraman" degan fikrda bo`lsangiz biz sizni fikringiz hatoligini ta`kidlaymiz. Nega, chunki hozirda korrupsiyaga qarshi kurash natijasida siz ishongan odamlaringiz qanchalik ko`p pul olishmasin bu sizga hech qanday kafolat bermaydi. Yaqin yillarda shaffof bo`lishi kutilayotgan imtihonlarda bilimi bor abiturientlarimizning imkoniyatlari ko`tarilib bormoqda. Shu pulni topish davomida mustaqil ravishda imtihonlarga tayyorlanish sizning talabalikga imkoniyatlaringizni oshiradi!
3. "kirish ballari eng kam joyga tahmin bilan kiraman " bu ham eng ko`p tarqalgan fikr va eng oson yo`l, lekin bu abitureintlikni yana bir yilga cho`zishga olib boradigan eng oson yo`l desak to`g`riroq bo`ladi. Tanlagan yo`nalishingiz, Imtihon natijasi birinchi navbat sizning kelajakdagi hayotingiz qanday kechishini belgilab beradigan muhim jarayondir, imtihonga yengil qaramang.
4. "Shpargalka va kalkulyator- imtihondagi do`stlarim" ha balki shpargalka sizga biron naf keltirar, lekin siz uni ishlatishga harakat qilib imtihondagi qimmatbaho vaqtingizni yo`qotishingiz tayin. Ikkinchi masala sizning fikring bo`linib Test savollarini yechishni uddalay olmasligingiz mumkin. Shuning uchun repitorga qatnaysizmi yoki o`zingniz mustaqil uyda tayyorlanasizmi iloji boricha kalkulyatordan va boshqa "yordamchi"lardan foydalanmang, shunda imtihon oson kechadi.
5. "Men hozir ishlashim kerak, o`qishga tayyorlanishga vaqtim yetmaydi" keling sizga bir savol bersak: "Siz haftada nechchi kun va kuniga nechchi soat ishlaysiz?". To`g`ri sizning ishingiz juda og`ir va ishdan keyin miyamga hech nima kirmaydi deyishingiz mumkin. Bu masalada tanlov o`z qo`lingizda: Yaxshi kelajakni yoshlikda qiynalib qurishmi yoki yosh ulg`ayganda qiynalib hayot kechirishmi? Keyingi savol siz televizor va ijtimoiy tarmoqlarga vaqtingizni qanchasi ketishini hisoblab ko`ring va siz anchagina bo`sh vaqtingiz borligini anglarb yetasiz. Ishdan keyin imtihonga qanday tayyorlanish mumkinligi haqida bu yerdan o`qishingiz mumkin.