Ovoz ber!
Saytimizga baho bering

Biz, siz imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ib, ularni qulay tarzda guruhlab sizga taqdim etamiz. Uz-Test, bu abiturientlar uchun eng foydali qo'llanma, chunki Siz bu saytda Oliygohlar haqida ma'lumotlar va oliygohlarga o'rtacha kirish ballari, imtihonga tayyorgarlik davrida sizga as qotadigan foydali maslahatlar, o'quv qo'llanmalar, DTM test to'plamlari haqida saralangan ma'lumotlardan foydalana olasiz. O'z bilimini chet elda oshirish, Koreya, Amerika va Rossiya oliygohlarida ta'lim olishni istagan talaba va abiturientlar uchun dunyoning yetakchi Oliy o'quv yurtlari haqidagi ma'lumotlar ham aynan bizda. Ununtmang Uz-test.ru foydali va ishonchli axborotlar manbasidir.

04 фев 23:28Abiturientlar uchun / Maslahatlar

"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"

"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"

"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"

Imtihonga tayyorlanishning yo`llari turli tuman va tabiiyki tanlov masalasida abiturientlar yordamga ehtiyoj sezishadi. Eng ko`p tarqalgan va ko`pchilik abiturentlarimiz yo`l qo`ygan hatolar bilan tanishib chiqamiz va ularni takrorlamaslikni Uz-test.ru maslahat beradi:

1. "Repititorga borsam bas men aniq o`qishga kiraman". Statistikaga ko`ra 2017 yil OTMlarga 729947 nafar abiturient o`z hujjatlarini topshirgan bo`lib Respublikamiz Oliygohlari kvotalar soni 66317 ta. Bu yerdan yaqqol ko`rinib turibdiki bir o`ringa o`rtacha 10.97 kishi to`gri keladi. Demak abiturientlarning 10% talabalik bahtiga yetishadi. Bu borada faqatgina qo`shimcha darslarga borish yetarli emasligi yaqqol ko`rinib turibti shuning uchun ilm o`rganishdan to`htamang. O`zingizni yetarlicha bilimga ega bo`ldim deb hisoblgan vaqtingizda statistikaga etibor bering bu sizga sizning qanchalik qunt bilan test sinovlariga tayyorlanishingiz kerakligini eslatib turadi!

"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"

2. "Imtihonda haqiqat yo`q hamma yoqda pul rol o`ynaydi, chetda pul ishlab keyin kiraman" degan fikrda bo`lsangiz biz sizni fikringiz hatoligini ta`kidlaymiz. Nega, chunki hozirda korrupsiyaga qarshi kurash natijasida siz ishongan odamlaringiz qanchalik ko`p pul olishmasin bu sizga hech qanday kafolat bermaydi. Yaqin yillarda shaffof bo`lishi kutilayotgan imtihonlarda bilimi bor abiturientlarimizning imkoniyatlari ko`tarilib bormoqda. Shu pulni topish davomida mustaqil ravishda imtihonlarga tayyorlanish sizning talabalikga imkoniyatlaringizni oshiradi!

3. "kirish ballari eng kam joyga tahmin bilan kiraman " bu ham eng ko`p tarqalgan fikr va eng oson yo`l, lekin bu abitureintlikni yana bir yilga cho`zishga olib boradigan eng oson yo`l desak to`g`riroq bo`ladi. Tanlagan yo`nalishingiz, Imtihon natijasi birinchi navbat sizning kelajakdagi hayotingiz qanday kechishini belgilab beradigan muhim jarayondir, imtihonga yengil qaramang.

"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"

4. "Shpargalka va kalkulyator- imtihondagi do`stlarim" ha balki shpargalka sizga biron naf keltirar, lekin siz uni ishlatishga harakat qilib imtihondagi qimmatbaho vaqtingizni yo`qotishingiz tayin. Ikkinchi masala sizning fikring bo`linib Test savollarini yechishni uddalay olmasligingiz mumkin. Shuning uchun repitorga qatnaysizmi yoki o`zingniz mustaqil uyda tayyorlanasizmi iloji boricha kalkulyatordan va boshqa "yordamchi"lardan foydalanmang, shunda imtihon oson kechadi.

"Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO"

5. "Men hozir ishlashim kerak, o`qishga tayyorlanishga vaqtim yetmaydi" keling sizga bir savol bersak: "Siz haftada nechchi kun va kuniga nechchi soat ishlaysiz?". To`g`ri sizning ishingiz juda og`ir va ishdan keyin miyamga hech nima kirmaydi deyishingiz mumkin. Bu masalada tanlov o`z qo`lingizda: Yaxshi kelajakni yoshlikda qiynalib qurishmi yoki yosh ulg`ayganda qiynalib hayot kechirishmi? Keyingi savol siz televizor va ijtimoiy tarmoqlarga vaqtingizni qanchasi ketishini hisoblab ko`ring va siz anchagina bo`sh vaqtingiz borligini anglarb yetasiz. Ishdan keyin imtihonga qanday tayyorlanish mumkinligi haqida bu yerdan o`qishingiz mumkin.

Ko'chirish uchun reklamalardan birni bosing
Загрузка...
Похожие новости:
Masala qanday yechiladi? Masala qanday yechiladi? To'plamlar Fizika fanidan mavzulashtirilgan testlar to'plami Fizika fanidan mavzulashtirilgan testlar to'plami To'plamlar DTM hujjatlarini to’ldirish namunalari. DTM hujjatlarini to’ldirish namunalari. DTM hujjatlarini to'ldirish namunalari
Загрузка...
Nilufar_Tulkinovna
Abuturient bulish osson emas. Ammo kelajakni qanday o'tishi abuturientlikka va talaba degan nomga erishishga bog'liq men ham abuturientman va albatta talaba bo'laman hech kimni abuturientlik vaqti uzaymasin. wink

Guli
Haqsiz. Abituriyentlik oson emas. Admin iltimos abituriyentlarni ruhlantiradigan maqolalardan kòproq joylasangiz. Chunki imtixonda ruhiy tayyorgarlik eng asosiysi. Ruhan tayyor bòlmagan odam 100% lik bilim bilan ham òqishga kira olmasligi mumkin.

Albatta ruhlantiruvchi maqola yozamiz! yana maqolalarimiz bor shunga yaqin "abiturientlarga" ruknida masalan:
Siz TALABA bo'lish orzusidamisiz?

Havotir olmang bugun biz o'qishga kirishning oson yo'llari, qanday tahmin qilish kerak yoki imtihonga 5 oy ichida tayyorlanish haqida emas, sizning ichingizdagi hohish haqida so'z yuritamiz. Chunki insonni harakatga undovchi eng asosiy vosita bu uning biron narsaga erishish istagidir. Biz siz bilan birgalikda sizni talaba bo'lishga istagingizni oshirishga harakat qilamiz.


--------------------

HUSANBOY
KOLLEJDA 2 BOSQICH TALABALARI HAM OLIYGOHLARGA HUJJAT TOPSHIRSA BO'ADIMI

Bonu
Tog'ri fikrlar. Rahmat kattakon. Ko'pchilikda shunday hollar kop tarqalgan. Muhimi qat'iyat,mustahkam iroda. Korrupsiyaga yo'l ochmaslik va tinimsiz mehnat. Natijasi,albatta,talabalik baxti bilan o'lchanadi

Muattar
Men bu fikrlarni o'z yon daftarchamga yozib olaman va ishonamanki, bu so'zlarni har kuni dars tayyorlashdan oldin o'qib, men va oilam kutgandanda yaxshiroq natijaga erishaman.RAHMAT! wink

latofat
ha judayam muohazali fikrlar ekan! bularni barcha yoshlarni ongiga singdirsak judayam yaxshi bo'ladi. belay fellow

yigitalijon
salom men hozirda abuterentman. avvaliga pedagokika universitetida o'qib, keyinchalik 2-yoki3-kurslarda tibbiyot oliygohiga topshirsam bo'ladimi. what feel

Guli
Salom men ham hozir abiturientman. Menimcha yaxwi tayorlangan abiturientlaga shpargalkani hojati y6q

Sultanbek
Ha yaqshi fikirlar bundan men yaqshi tasuratlar oldim va buni boshqalarham korsa yaqshi bolardi manga yoqti

Nurbek Norboyev
menga ham yoqdi gap yo'q!!! bully wink winked

Marjona Sayfullayeva
Yuqorida bildirilgan fikrlar albatta talaba bo'lish orzusidagi kishilarga yordam berishiga ishonaman

Men ham hozir barcha dòstlarim singari abiturentman bu kòrsatma nafaqat menga balki barcha tengdosharimga maqul bòldi degan umiddaman

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: