Ovoz ber!
Saytimizga baho bering
Abiturientlar uchun en zo'r sayt
Foydali ma'lumotlar ko'p
Yaxshi, lekin kamchiligi bor
Yaxshiroq saytlar bor
Umuman yoqmadi

Biz, siz imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ib, ularni qulay tarzda guruhlab sizga taqdim etamiz. Uz-Test, bu abiturientlar uchun eng foydali qo'llanma, chunki Siz bu saytda Oliygohlar haqida ma'lumotlar va oliygohlarga o'rtacha kirish ballari, imtihonga tayyorgarlik davrida sizga as qotadigan foydali maslahatlar, o'quv qo'llanmalar, DTM test to'plamlari haqida saralangan ma'lumotlardan foydalana olasiz. O'z bilimini chet elda oshirish, Koreya, Amerika va Rossiya oliygohlarida ta'lim olishni istagan talaba va abiturientlar uchun dunyoning yetakchi Oliy o'quv yurtlari haqidagi ma'lumotlar ham aynan bizda. Ununtmang Uz-test.ru foydali va ishonchli axborotlar manbasidir.

07 мар 12:21IELTS materiallar, Grantlar

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

IELTS - mustaqil tayyorlanish uchun kitoblar.

IELTS imtihonini topshirish uchun, Ingliz tilini uzoq vaqt davomida o'rganish talab etiladi. Imtihonning tashkiliy qismi va test savollari yetarlicha murakkab. Aynan shuning uchun, IELTSga tayyorlov kurslari keng ommalashgan, bu kurslarda siz tilni o'rganish bilan birgalikda, imtihonni borishi va kerakli malakalarga ega bo'lasiz.

Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to'g'ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir.

 

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko'pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko'rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Uz-testda imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling.

Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo'ladi.

 

1."Insight into IELTS", Vanessa Jakeman and Clare McDowell.

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Insight into IELTS - bu "Cambridge University Press"ning kitoblar seriyasi bo'lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma'lumotlar, javoblari ko'rsatilgan mashg'ulot va savollar, hamda eshtib tushunish qobiliyatini rivojlantirish uchun CD disklar bilan birgalikda foydalaniladi.

 

2. "Как сдать IELTS", Е.П. Протасеня

 

 

 

 

Bu kitob IELTS imtihoniga tayyorlanishning birinchi bosqichi uchun mos keladi. Kitobni o'qigach, imtihonning borishi, eng ko'p beriladigan vazifalar va imtihonni yaxshi topshirish uchun qanday strategiyadan foydalanish kerakligi haqida tushunchaga ega bo'lib olasiz. Bundan tashqari kitob, kichkina, lekin IELTS imtihonida uchraydigan noyob so'zlardan tuzulgan foydali lug'ati bilan ham foydali. Ayniqsa READING qismini ko'pchilik mutaxassislar tavsiya qilishadi.

 

 

3. "101 Helpful Hints for IELTS", Garry Adams

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Bu qo'llanma IELTSga tayyorlanish uchun eng yaxshilaridan sanaladi. Kitob yaxshi tizimlangan va imtihonni yaxshi topshirish uchun foydalanish mumkin bo'lgan "ayyorlik"lar haqida ham ma'lumot beradi. Kitobda o'z bilimlarini tekshirib borish uchun topshiriqlar bor va ular qiyinlashi boradi

 

 

4. "Longman Exams Dictionary"

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Bu kitob IELTS imtihonlarida eng ko'p qo'llanilgan atama va so'zlardan tashkil topgan lug'atga ega. Kitob ingliz tilidagi og'zaki va yozma nutqdagi farqlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek qo'llanmada quyidagi bo'limlar bor: Writing Guide (Ingliz tili topshiriqlaridagi Britaniya standartlari haqida tushunchalar), Topic Activator (IELTSda eng ko'p uchraydiga mavzulardan so'z boyligini oshirish),Essay Activator (Ingliz tilida Essay yozish uslublari). Eng asosiysi kitob, insonlar ishlatishda eng ko'p xato qiladigan so'zlar haqida ham tushunchalar berib boradi.

 

 

5. "Cambridge IELTS Practice Tests 1-9"

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Bu seriyadagi kitoblardan foydalanish test topshiriqlarini yechish uchun kerakli ma'lumotlarni beradi. Bu qo'llanmalarning foydali jihatlaridan biri, bu IELTS imtihonlarida avval ishlatilgan ma'lumotlardan tashkil topganligidir.To'g'ri ularni imtihonda uchratmaysiz, lekin, bu qo'llanmadan foydalangach sizda imtihonda beriladigan topshiriqlar haqida tushuncha paydo bo'ladi.

 

 

6. "IELTS Practice Tests", Pearson Longman to'plami.

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Ikkta kitobdan tashkil topgan kitovlar seriyasidan, imtihonda haqiqatdanham yuqori ball olishni istaganlar foydalanishadi. Qo'llanmaning bajarish juda qiyin bo'lgan test topshiriqlaridan tashkil topganligi uni boshqalaridan ajratib turadi.Shunday ekan agar siz ushbu kitobdagi topshirilarni 5,5 ballga bajargan bo'lsangiz, haqiqiy IELTS imtihonida yuqoriroq ballga umid qilsangiz bo'ladi.

 

7. "IELTS Preparation and Practice", Oxford to'plami

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Bu kitoblar to'plami IELTS imtihonidan oldin ko'proq amaliy bilimlarni egallashni istaganlar uchun juda foydali. Kitobda imtihonning barcha bosqichlaridan topshiriqlar va ma'lumotlar berilgan.

 

 

8. "Cambridge Grammar for IELTS with answers"

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Bu kitob boshqa qo'llanmalardan, aynan imtihonning aynan bir turiga qaratilgani bilan ajralib turadi. Bu IELTS haqida kitob emas, balki Inliz tili qo'llanmasi. Bu kitob sizning Ingliz tili grammatikasi borasidagi bilimlaringizni oshiradi.

 

 

9. "Cambridge Vocabulary for IELTS with answers"

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

Bu kitob sizning so'z boyligingiz, imtihonda foydalaniladigan atama va iboralarni o'rganishingiz uchun foydalidir.

 

 

10. "Cambridge Common mistakes at IELTS intermediate"

IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob!

 

IELST imtihoniga tayyorlanish davomida, sizdan faqatgina ingliz tilini o'rganish emas, imtihonning qanday borishi va bosqichlari haqida ham bilib olishingiz zarur. Bu kitob IELST imtihonini topshiruvchilar orasida eng ko'p uchraydigan xatolar haqida so'z yuritadi.

скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы
Похожие новости:

Курс доллара в Узбекистане.

Загрузка...
IELTS va TOEFL. Qaysini tanlash kerak? IELTS va TOEFL. Qaysini tanlash kerak? Abiturientlar uchun, Grantlar National University of Singapore National University of Singapore Osiyoda ta'lim Nanyang Technological University (Singapur) Nanyang Technological University (Singapur) Osiyoda ta'lim Imtihonga tayyorlanish sirlari. Imtihonga tayyorlanish sirlari. Maslahatlar Abiturient va yuqori sinf o’quvchilari uchun Bill Geyts (англ. Bill Gates) tomonidan 8qoida. Abiturient va yuqori sinf o’quvchilari uchun Bill Geyts (англ. Bill Gates) tomonidan 8qoida. Maslahatlar Cambridge Practice Tests for IELTS Cambridge Practice Tests for IELTS IELTS materiallar Ona tili fanidan DTM test savollari(2200ta test) Ona tili fanidan DTM test savollari(2200ta test) DTM Testlar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali. Tibbiyot bilim yurtlari
Kitoblarni o'zi ham saytingizda bo'lsa yaxshi bo'lardida....

GULNOZA
Kitoblar ham kerak bo'ladi.

Hurmatli foydalanuvchilar, saytimizni kuzatib boring. Biz albatta E-kutubxonamizni boyitib boramiz!


--------------------

Bekzod
Kitoblaringizni pdf faylini qattan topsam bo'ladi.

Raxmatjon
Salom bu kitoblarni pdf farmatini qattan topsam boladi

pipi
toefl uchun xam foydasi bormi

Oydin
Insight into IELTS kitobini CD diskini qayerdan topsam bo'ladi oldindan rahmat faqat tez javob yozing

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: