Siz TALABA bo'lishni istaysizmi?
Siz TALABA bo'lish orzusidamisiz?
Havotir olmang bugun biz o'qishga kirishning oson yo'llari, qanday tahmin qilish kerak yoki imtihonga 5 oy ichida tayyorlanish haqida emas, sizning ichingizdagi hohish haqida so'z yuritamiz. Chunki insonni harakatga undovchi eng asosiy vosita bu uning biron narsaga erishish istagidir. Biz siz bilan birgalikda sizni talaba bo'lishga istagingizni oshirishga harakat qilamiz.
Buning uchun har doim o'zingizga ikkta oddiy savolni berib ko'ring:
1. "Hozir bekor o'tkazgan vaqtim kelajakda orzularimga erishishda menga yordam beradimi?" Tabiiyki bu savolni javobi "yo'q"! Unutmang sizning hozirda qilayotgan har bir ishingiz sizni kelajagingizga bevosita tasir ko'rsatadi. Siz Talabalikni istagancha orzu qilsangiz bo'ladi. Bu orzularni maqsadga aylantirish sizni qo'lingizda. Shunday ekan vaqtingiz va imkoniyatlaringizni to'g'ri yo'naltiring va siz albatta o'z maqsadlaringizga erishasiz!
2. "Niyatlarim amalga oshishi uchun men nima qildim?". Orzular faqat orzuligicha qolishida taqdirning, ota-onangizning yoki jamiyatning hech qanday aybi yo'q.Hamma ayb o'zingizda. Moliyaviy ahvolingiz yoki muammolaringiz bahona bo'la olmaydi! Bilaman, qiyin. Bilaman og'ir, agar orzularingiz tomon hech qanday yo'l qolmagan bo'lsa, demak bu yangi yo'l qurishni ayni vaqti!
Unutmang hayotda hamma narsani yo'lini topsa bo'ladi. Shunchaki ba'zi narsalar ko'proq mehnatni talab qiladi.
Agar mazkur mulohazalar sizga yoqgan bo'lsa, keyingi mavzumiz nima haqida bo'lishini istashingiz haqida bizga yozing!