Ovoz ber!
Saytimizga baho bering

Biz, siz imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ib, ularni qulay tarzda guruhlab sizga taqdim etamiz. Uz-Test, bu abiturientlar uchun eng foydali qo'llanma, chunki Siz bu saytda Oliygohlar haqida ma'lumotlar va oliygohlarga o'rtacha kirish ballari, imtihonga tayyorgarlik davrida sizga as qotadigan foydali maslahatlar, o'quv qo'llanmalar, DTM test to'plamlari haqida saralangan ma'lumotlardan foydalana olasiz. O'z bilimini chet elda oshirish, Koreya, Amerika va Rossiya oliygohlarida ta'lim olishni istagan talaba va abiturientlar uchun dunyoning yetakchi Oliy o'quv yurtlari haqidagi ma'lumotlar ham aynan bizda. Ununtmang Uz-test.ru foydali va ishonchli axborotlar manbasidir.

04 фев 23:16Abiturientlar uchun / Maslahatlar

Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar".

Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar".

Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun  "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar".

Imtihonlar yaqinlashgani sari abiturientlarda hayajon kuchayadi. Bilimlaringizni yoddan kutarilmasligiga yordam beradigan, tayyorlanishning eng samarali usuli qaysi? Ko'p holatlarda imtihonlarga tayyorlanishni eng ohirgi vaqtda kuchaytirish, va imtihondan oldingi bir nechta uyqusiz tun va darslar imtihonda yordam berishiga astoydil ishonishadi. Lekin bu "strategiya" aslida umuman foydasiz. bu sizda faqatgina ortiqcha charchoq va asabiylikni keltirishi mumkin holos.

Shuning uchun sizga imtihonlarga tayyorlanish davrida hotirani kuchaytiradigan va o'quv jarayonini osonlashtiradigan uslublarni qo'llashni maslahat beramiz.

Yaxshi talabaning eng asosiy qobiliyati bu hotira hisoblanadi, lekin biz ma'lumotni bosim ostida, qayta va qayta takrorlab eslab qolishga harakat qilganingizda bu sizga ta'lim jarayonida bir nechta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatlarni chetlab o'tish uchun sizga imtihonga tayyorlanish davrida, hotirani kuchaytirishning quyidagi sinalgan usullardan foydalanishni maslahat beramiz:

1. Bor e'tiboringizni o'rganayotgan malumotingizga yo'naltiring.

Malumot hotirada mustahkam saqlanib qolishi uchun u qisqamuddatli hotiradan, uzoqmuddatli hotiraga ko'chishi lozim, buning uchun sizdan fikringizni o'rganilayotgan malumotga qaratilishi talab etiladi. Shuning uchun imtihonga tayyorlanish uchun talangan joy etiborni chalg'ituvchi omillardan uzoqda bo'lishi lozim.

Fikringizni imtihonga tayyorlanishga jamlash uchun tinch joy tanlang, etiboringizni o'ziga tortishi mumkin bo'lgan buyumlarni uzoqroqga, shu jumladan elektron uskunalaringizni ham uzoqroqga olib qo'ying.

2. Ta'lim jarayonini qisqa, lekin muntazam davrlarga bo'lib chiqing.

Qisqa vaqt lekin tez-tez davom etadigan ta'lim jarayonlari malumotlarni miyada uzoqroq vaqt saqlanib qolishiga olib keladi. Imtihonga tayyorlanishda dars qilish vaqtini aniq belgilab qo'ying, bu sizda kerakli bo'lgan odatlarni shakllantirishga yordam beradi.

 

Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun  "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar".

3. Dars davomida o'rgangan malumotlaringizni tartibli ravishda yozib boring.

Malumotlarni bir biriga bog'liq ravishda hosil qilingan guruhlarga bo'lib yozib borish sizga eslab qolishda ko'magi olimlar tomonidan isbotlangan. Shuning uchun malumotlarni yaxshi eslab qolishi uchun, ularni guruhlab, tartibli ravishda yozib boring.

 

Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun  "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar".

4. Yangi o'rgangan ma'lumotni, o'zingiz bilgan ma'lumot bilan bog'lab boring.

Yangi va notanish bo'lgan mavzuni o'rganish davomida siz uni o'zingiz bilgan bilimlar bilan bog'lab o'rganishingiz sizga yangi mavzularni tezroq va samaraliroq o'rganishga yordam beradi. Bundan tashqari biz sizga bilimlarni guruhlashning o'zgacha usulidan foydalanishni maslahat beramiz. Bu usul "Mantiqiy xarita" nomini olgan, va har xil tushunchalar o'rtasidagi aloqani hotiraga muhrlashning ideal usulidir.

5. Qo'shimcha ma'lumot toping.

Bilimlarni chuqurlashtirish va yangi ma'lmutlarni izlab topish bir biriga bog'liq bo'lib mustaqil ravishda izlangan qo'shimcha ma'lumotlar sizning ta'lim jarayoningizni tezlashtiradi. Bu borada sizga internet tarmoqlari yordam beradi. Masalan kerakli mavzu haqidagi faktlar, hujjatli filmlar nufuzli talim muassasalarining seminar va leksiyalari bilan tanishib chiqishingiz maqsadga muvofiq.

6. Tayyorlanish jarayoniga kichik yangiliklar kiritib boring.

Uzoq vaqt davom etadigan bir xillik sizni dars jarayonidan sovutib qo'yishini oldini olish maqsadida vaqti vaqti bilan o'z dars jarayoningizga kichik o'zgartirishlar kiritib turing. Bu sizga butun tayyorlov kursi davomida ishtiyoqingizni saqlanib qolishiga yordam beradi.

7. O'z tayyorlanish usulingizni aniqlab oling.

Turli insonlarda yangi malumotlarni o'rganish kunning har xil vaqtida farqli bo'lib, siz o'zingiz uchun qaysi vaqtda miya faoliyati faol va tayyorlanish qulay ekanligini belgilab oling.

 

Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun  "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar".

8. Musiqa tinglamang!

To'g'ri, musiqa miya faoliyatini faollashtiradi, lekin bu har doim ham foydali emas. Har qanday musiqa bizni chalg'itadi va eslab qolish jarayonini qiyinlashtiradi. Darsdan biroz muddat oldin sevimli musiqani tinglab o'z kayfiyatingizni ko'taring. Ammo o'quv jarayonida musiqani eshitishni tavsiya bermaymiz. Agar siz sokinlikda o'zingizni noqulay sezsangiz, bu holatda tabiat ovozlari muhrlangan ovozlarni tinglaganingiz maqul. Masalan, qushlarning sayrashi yoki kafedagi shovqin.

9. Muntazam ravishda tanaffuslar qilib turing.

Siz o'zingizda dam olish uchun vaqt yo'q deb hisoblashingiz mumkin, lekin gap shundaki, qisqagina tanaffus sizga yangi kuch bag'ishlab imtihonlarga tayyorlanish jarayonini tezlashtiradi.

10. Uyquga to'yib uhlang.

Uyqu vaqtini qisqartirib, siz vaqtdan unumli foydalanayabman deb hisoblashingiz mumkin, lekin bu vaqtda sizda hotirada muammolar kelib chiqishi mumkin. Chunki, uyqu vaqtining yetarli bo'lishi hayotning barcha yo'nalishlarida sizga ijobiy tasir qiladi. Bundan tashqari kunduz kunidagi qisqa uyqu hotirangizni mustahkamlanishiniga olib keladi.

11. O'zingizni imtihondan o'tkazib boring.

O'zingiz uchun test sinovlari tashkil qilib turing va o'zingiz tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha blokli testlar yechib qancha bal yig'ayotganignizni kuzatib, qaysi mavzuda bilimlaringiz yetarli emasligini tahlil qilib boring. Bu amallar sizga imtihonda hayajonning oldini oladi. Imtihon uchun kerakli materiallarni Uz-Testdan olishingiz yoki online testdan utishingiz mumkin.

uzum market skidka promokod 

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: