DTM hujjatlarini to’ldirish namunalari.
DTM hujjatlarini to'ldirish namunalari.
Abiturientlar oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirish uchun imtihonlarga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko'rishadi. Bu borada qilgan mehnatlaringiz zoyi ketmasligi uchun, imtihon vaqtida sizga taqdim etiladigan hujjatlar bilan tanishib chiqish, ularni qanday to'ldirishni o'rganganingiz maqsadga muvofiqdir.
Biz siz uchun DTM test tizimi bo'ylab kichik sayohatga boshlaymiz:
1. Abiturientlarga tarqatilgan javoblar varaqasi va savollar kitobi raqamlari bir xil bo'lishi shart.
2. Javoblar varaqasidan foydalanishda quyidagilarga e'tibor berish shart:
- Javoblar varaqasini bukmaslik, shikast yetkazmaslik.
- Javoblar varaqasining marker chizig`iga yozmaslik.
- Javoblar varaqasi shtrix kodiga yozmaslik.
- Javoblar varaqasi raqami ostidagi doirachalarni buyamaslik.
Diqqat: Ushbu qoidalarga rioya etilmaganda abiturientlarning e'tirozlari qabul qilinmaydi.
3. Savollar kitobidan foydalanishda quyidagilarga e'tibor berish shart:
1. Savollar kitobini bukmaslik, shikast yetkazmaslik.
2. Savollar kitobini yirtmaslik, alohida betlarga ajratmaslik.
3. Savollar kitobining bo'sh joylaridan “qoralama qog'oz” sifatida foydalanish mumkinligi.
Diqqat: Shikast etkazilgan savollar kitobi bo'yicha natijalar test sinovlarining ixtiyoriy bosqichida bekor qilinishi mumkin.
4. Abiturientlar tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobiga familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi va imzo q'yiladi.
Diqqat: Ushbu ma'lumotlar xato to'ldirilgan yoki to'ldirilmaganda abiturient test natijalari bo'yicha etiroz bildira olmaydi.
5. Javoblar varaqasi raqamini titul varaqasi va ruxsatnomaga ko'chirish.
6. Titul varaqasidagi ma'lumotlarni javoblar varaqasiga ko'chirish.
Diqqat: ushbu ma'lumotlar xato to'ldirilgan, to'ldirilmagan Javoblar varaqasi bo'yicha abiturient etirozlari qabul qilinmaydi.
Manba: www.dtm.uz