Ovoz ber!
Saytimizga baho bering

Biz, siz imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ib, ularni qulay tarzda guruhlab sizga taqdim etamiz. Uz-Test, bu abiturientlar uchun eng foydali qo'llanma, chunki Siz bu saytda Oliygohlar haqida ma'lumotlar va oliygohlarga o'rtacha kirish ballari, imtihonga tayyorgarlik davrida sizga as qotadigan foydali maslahatlar, o'quv qo'llanmalar, DTM test to'plamlari haqida saralangan ma'lumotlardan foydalana olasiz. O'z bilimini chet elda oshirish, Koreya, Amerika va Rossiya oliygohlarida ta'lim olishni istagan talaba va abiturientlar uchun dunyoning yetakchi Oliy o'quv yurtlari haqidagi ma'lumotlar ham aynan bizda. Ununtmang Uz-test.ru foydali va ishonchli axborotlar manbasidir.

01 фев 13:47Abiturientlar uchun

DTM qaysi tashkilotlar bilan hamkor

DTM ETS hamkoriDTM ETS hamkori

Davlat test markazi ETS tashkilotining rasmiy hamkoriga aylandi.

Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Ana shunday hamkorlik doirasida, test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) va Davlat test markazi o‘rtasida ETS imtihonlarini hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuvga asosan Davlat test markazi ETS Global tashkilotining barcha talablariga javob bergan holda “TOEFL ITP Level 1 & 2 Digital Test” va TOEIC (Listening, Reading, Speaking, Writing) imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan “TOEFL ITP Level 1 & 2 Digital Test” va TOEIC (Listening, Reading, Speaking, Writing) imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

uzum market skidka promokod 

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: