Ovoz ber!
Saytimizga baho bering
Abiturientlar uchun en zo'r sayt
Foydali ma'lumotlar ko'p
Yaxshi, lekin kamchiligi bor
Yaxshiroq saytlar bor
Umuman yoqmadi

Biz, siz imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ib, ularni qulay tarzda guruhlab sizga taqdim etamiz. Uz-Test, bu abiturientlar uchun eng foydali qo'llanma, chunki Siz bu saytda Oliygohlar haqida ma'lumotlar va oliygohlarga o'rtacha kirish ballari, imtihonga tayyorgarlik davrida sizga as qotadigan foydali maslahatlar, o'quv qo'llanmalar, DTM test to'plamlari haqida saralangan ma'lumotlardan foydalana olasiz. O'z bilimini chet elda oshirish, Koreya, Amerika va Rossiya oliygohlarida ta'lim olishni istagan talaba va abiturientlar uchun dunyoning yetakchi Oliy o'quv yurtlari haqidagi ma'lumotlar ham aynan bizda. Ununtmang Uz-test.ru foydali va ishonchli axborotlar manbasidir.

Siz to'g'ri qaror qila olasizmi?

To'g'ri qaror qilish qanchalik muhum?

 

Siz to'g'ri qaror qila olasizmi?

 

Siz to'g'ri qaror qila olasizmi? Bu mavzuni ko'tarishimizdan maqsad shundan iboratki, bizning hayotimizda shunday vaziyatlar bo'ladiki biz qabul qilgan qaror nafaqat bizni balki o'zga insonlarning ham hayotini o'zgartira oladi. Hurmatli abiturientlar bu maslahatlarimiz sizga to'g'ri qaror qabul qilishda yordam beradi degan umiddamiz.
Ho'sh, qanday omillar bizga shunday mas'uliyatli vaziyatda salbiy tasir ko'rsatishi mumkinligi haqida so'z yuritamiz:

1. Maqsadning mavhumligi yoki biz aynan nimani istayotganimizni bilmaganligimiz.

Bilasizmi qayerga ketayotganini bilgan odam yo'lidan adashishi qiyin bo'ladi, chunki uni ko'z oldida har doim qo'ygan maqsadi bo'ladi va uni harakatga undaydi. Agar siz aniq bir maqsadga ega bo'lsangiz har bir qaroringiz unga erishishingizga yordam beradi. Siz oliy o'quv yurtiga nima uchun topshirmoqchisiz? Agar bu savolga siz: "Bu zamon talabi, hamma harakat qilayabti-ku demak biron nafi bordir" - deb javob bersangiz, unutmang hozir siz qaysi kasbni egallashingiz sizni kelajakdagi hayotingiz qanday o'tishini hal qiladi. Negaki bizning asosiy vaqtimiz ishxonada o'tadi va bizga o'z qilayotgan ishimiz quvonch olib kelmasa, biz to'laqonli baxtni his qila olmasligimiz mumkin. Shunday ekan o'zingiz sevib qiladigan mashg'ulotingizni kasbingizga aylantiring va siz albatta hayotda yuksak muvaffaqiyatlarga erishasiz, chunki sevib, chin yurakdan qilingan har bir ish unumli bo'ladi va jamiyatda yuksak qadrlanadi.

Siz to'g'ri qaror qila olasizmi?

2. Qarzdorlik hissi va stereotiplar.

Hayotda shunday vaziyatlar bo'ladiki biz o'zimiz xohlagan qarorimizni qabul qila olmasligimizning yagona sababi bu yaqinlarimizning qaroriga qarshi chiqib ularni ranjitishdan qo'rqishimizdir.
Masalan, bizning ota-onamiz hayot yo'limizda bizga o'zlarining qimmatli maslahatlarini berishadi va bu juda muhim. Lekin siz o'z fikrlaringiz bilan ham bo'lishib ko'ring, nimani xohlashingiz haqida suhbatlashing. Chunki ota-onamiz bizni baxtli ko'rishni istashadi va sizga albatta quloq solishadi va maqsadingizga erishishingizda yordam berishadi.
Stereotiplarga kelsak, bu ham oddiy hol emas. Masalan, siz matematika va hisoblashni yoqtirmaysiz, lekin yaqinlaringiz tavsiyasi bilan matematikani o'rganib ishonchli va yaxshi oylik to'lanadigan kasb egasi, masalan iqtisodchi bo'lishingiz kerak. Aslida esa siz taomlarni juda yaxshi tayyorlaysiz va bu sizga yoqadi. Unutmang siz o'zingiz yoqtirmagan ishda yuksalishingiz qiyin, shuning uchun o'zingizni qo'lingizdan keladigan va yoqadigan mashg'ulot borasidagi bilimlaringizni boyiting va shu sohada birinchi bo'ling.

3. Qo'rquv.

Bu barchamizga tanish tuyg'u. Oddiy misol, agar o'zim hohlagan joyga topshirsam bilimim yetmasligi mumkin, yiqilsam odamlar nima deydi, yana bir yilga kech qolamanmi? Yoq undan ko'ra pastroq yo'nalishga topshiraman. To'htang, agar siz uchragan birinchi to'siqda yengilsangiz, asta sekin ulkan orzularingiz kichrayib boradi, qachonlardur Parijga borishni orzu qilgan bo'lsangiz uni amalga oshirishni o'rniga mehnat ta'tilida yangi texnika olishga ko'nikib qolasiz.
Hech qachon oldingizdagi to'siqlardan cho'chimang! Aksincha bu sizga yanada ko'proq kuch va g'ayrat bag'ishlashi kerak. Mayli bir yil keyin, lekin siz istagan asl maqsadingizga erishing!

Agar yuqoridagi mulohazalardan so'ng, o'zingizning qaroringiz to'g'riligida zarracha shubhalangan bo'lsangiz hali ham kech emas. Hayotda har doim o'zingiz yoqtirgan ishni qilishga intiling, o'zingiz sevgan odamlarni yonida bo'lishga, sizni sevganlarni baxtliroq qilishga intilib yashang.

Bu mavzu yuzasidan siz qanday fikrdasiz? Marhamat fikringizni yozib qoldiring!

скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы
Похожие новости:

Курс доллара в Узбекистане.

Загрузка...
Qiziqarli savollar Qiziqarli savollar Matematikadan tezkor kurs IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob! IELTSga tayyorlanish uchun 10 ta eng yaxshi kitob! IELTS materiallar, Grantlar Chet elda tekinga o’qishning 4 usuli. Chet elda tekinga o’qishning 4 usuli. Abiturientlar uchun, Grantlar Siz TALABA bo'lishni istaysizmi? Siz TALABA bo'lishni istaysizmi? Maslahatlar Imtihonga tayyorlanish sirlari. Imtihonga tayyorlanish sirlari. Maslahatlar Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun  Imthihonlarga muvaffaqiyatli tayyorlanishingiz uchun "Abiturientlarga 11 foydali maslahatlar". Maslahatlar Abiturient va yuqori sinf o’quvchilari uchun Bill Geyts (англ. Bill Gates) tomonidan 8qoida. Abiturient va yuqori sinf o’quvchilari uchun Bill Geyts (англ. Bill Gates) tomonidan 8qoida. Maslahatlar "Imtihonga tayyorlanishdagi 5 ta XATO" Maslahatlar
Sitora
Ajoyib maqola. Doimgidek qayta qayta òqidim.

Aziza
Odam hayotda o'z o'rnini topishi uchun yaxshi deb bilgan tavsiya qila oladigan asaringiz bormi? Qaysi adabiyotlarni o'qib hayotga bo'lgan qarashlarni o'zgartirsa bo'ladi?

Bilasizmi men o'qigan kitoblar ichida o'zimga kerakli hulosalar va izlagan savollarimga javob topgan kitoblarim bu, Robert Kiyosakining "Boy ota, kambag'al ota", M.A Bulgakovning "Мастер и Маргарита" kitoblari.
Umuman har bir kitob hammaga har xil ta'sir ko'rsatadi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga qarab albatta.
Eng asosiysi siz hayotga bo'lgan qarashingizni o'zgartirishga harakat qilmang, o'zingizdagi savollarga avvalo o'z ichingizdan, hayotingizdan izlang kitoblar esa bizga kichik maslahat, biz yonginamizda bor narsani ko'rishimzga yordam beradi.
Eng kuchli va tushunarli kitobxam istalgan natijani bermasligi mumkin.
Aziza sizga savol, siz hayotingizni qaysi javhalarida o'zingizni erkin his qilasiz? Qaysi holatda o'zingizni noqulay his qilasiz? Aynan nimani o'zgartirmoqchisiz?


--------------------

Noza
Ha tôg'ri,yuqoridagi hamma gaplarga qôshilaman.Lekin hayotda shunday holatlar ham bôladiki,yuqoridagilardan boshqacharoq.Masalan,men tibbiyot oliygohiga hujjat topshirmoqchiman,bu qarorni men o'z ixtiyorim va albatta yaqinlarimning tavsiyasi bilan qabul qilganman,yillar davomida

Noza
bu maqsad sari intilyapman,bilimlarni qunt bilan ,puxta egallashga harakat qilyapman.Xudo xohlasa,talaba bôlish nasib etgan bolsa,oliygohni tugatib malakali mutaxasis bôlib yetishmoqchiman.Lekin hozir ôzimni kelajakdagi shifokor qiyofasida aynan tasavvur eta olmayman...

Bilmadim balki bu G'alatidir...

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: